Kuba prezidenti AQSHni Lotin Amerikasidagi davlatlarni boʻlishga urinishda aybladi
Foto: Reuters
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel AQSH rasmiylarini Lotin Amerikasi mamlakatlarini boʻlib, oʻz manfaatlariga boʻysundirishga urinayotganlikda aybladi.
“Vashingtonda Monro doktrinasi eʼlon qilinganidan deyarli 200-yil oʻtgach, bizni boʻlish va oʻz manfaatlariga boʻysundirishga urinishlar davom etmoqda”, dedi Migel Dias-Kanel.
Kuba yetakchisining qoʻshimcha qilishicha, Lotin Amerikasi davlatlari adolatsiz, qaroqchi va nodemokratik xalqaro tartib bilan bogʻliq muammolarni baham koʻrmaydi va qashshoqlik, ishsizlikni yengish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun qoʻlidan kelganini qilmoqda. U, shuningdek, barqaror rivojlanishga erishish uchun birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqishga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring