Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi
Dunyo futbol yulduzlaridan biri, Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani maʼlum boʻldi. 35 yoshli futbolchi dushanba kuni topshirgan testi musbat natija bergan. Bu haqda Portugaliya futbol federatsiyasi saytida xabar berildi.
U Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi Shvetsiyaga qarshi boʻlib oʻtadigan navbatdagi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, Ronalduda kasallik simptomsiz oʻtyapti va u oʻzini yaxshi his qilmoqda. U izolyatsiyaga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring