Krishtianu Ronaldu faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin

15:07 10 Yanvar 2022 Dunyo
1355 0

Foto: AP

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, portugaliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»dagi vaziyatdan va jamoa rahbariyatidan norozi. Shu bois Ronaldu oʻzining agenti Jorje Mendeshga vaziyat oʻzgarmasa, yangi jamoa izlash kerakligini aytgan. 

Mendesh Ispaniyaning “Barselona” klubini hozirgi rahbariyati bilan yaxshi munosabatda va Ronalduni kataloniyaliklarga taklif qilishga tayyor. “Barselona” bosh murabbiyi Xavi yangi hujumchi sotib olmoqchi ekanini inobatga olsak, klub Ronalduni koʻrib chiqishi mumkin.

Ronaldu Angliya chempionatida joriy mavsum 16 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi 19 uchrashuvda 31 ochko toʻplab, turnir jadvalida yettinchi oʻrinda bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер