Kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
Kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3395, 31.10.2022-y.).
Mazkur Qoidalar kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Kripto-doʻkon oʻz faoliyatini kripto-doʻkonning elektron platformasi yoki savdo obyekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
— kripto-doʻkonning elektron platformasi orqali:
— jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
— chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
— kripto-doʻkonning savdo obyekti orqali:
— jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
— mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul koʻrinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
— mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
— majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
— Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
— anonim kripto-aktivlar hamda oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring