Kremlda Putinning vorisi haqida fikr bildirildi
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda hozircha Rossiya prezidenti Vladimir Putinning vorisi haqida oʻylashmayotganini bildirdi. “Sababi saylovgacha hali ancha vaqt bor”, dedi u. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.
“Biz prezidentlik siklining boshlangʻich bosqichida turibmiz”, - dedi u.
Peskov hukumatda ayni paytda qizgʻin ishlar ketayotganini ham qoʻshimcha qildi.
Prezidentlik faoliyatini yakunlashning “ideal” yoshi haqda jurnalistlar tomonidan berilgan savolga Peskov bu Rossiya konstitutsiyasi bilan tartibga solinishini eslatib oʻtgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring