Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “H.G.», “A.H.» va “Ch.z.» MCHJ rahbarlari hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, “Avtobetononasos” transport vositasini sotib olish uchun ajratilgan 3,2 mlrd soʻm kredit evaziga ushbu transport vositasini sotib olmasdan rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali ushbu mablagʻlarni naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari Oʻ.M. hududiy tijorat banki filialidan chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan 1,1 mlrd soʻm imtiyozli kredit evaziga xorijdan olib kelingan 528 ta nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring