Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Litvaning 2025-yildagi “Eng yaxshi ayollar futboli murabbiyi” boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite 2025-yil yakunlariga koʻra Litvada “Eng yaxshi ayol murabbiyi” deb eʼtirof etildi.
Eʼtiborlisi, Kotrina Kulbite ushbu nufuzli mukofotni ketma-ket ikkinchi bor qoʻlga kiritmoqda. U 2024-yilda ham yilning eng yaxshi murabbiyi deya tan olingan edi”, — deya yozildi federatsiya axborotida.
Maʼlumot uchun, 2025-yilda Kotrina Kulbite 23 yillik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Osiyo chempionatiga olib chiqishni uddaladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring