Korrupsiya sabab Vyetnam prezidenti isteʼfoga chiqdi

00:18 18 Yanvar 2023 Dunyo
1202 0

Foto: Reuters

Vyetnam prezidenti Nguyen Suan Fuk isteʼfoga chiqdi. Bu haqda “Tuoi Tre” nashri xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, prezidentning isteʼfosi Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan. U 2021-yilning aprelidan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan edi.

Qayd etilishicha, Nguyen Suan Fuk hukumatdagi korrupsiya mojarosi fonida oʻz lavozimini tark etishga qaror qilgan. Shunday qilib, uning qoʻl ostida ikki nafar bosh vazir oʻrinbosari oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Shuningdek, ikki vazir va mamlakatning koʻplab amaldorlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

Oʻtgan yilning 15-dekabr kuni Vyetnam AQSH mudofaa kompaniyalari vakillari bilan jangovar uchuvchisiz uchoqlar va vertolyotlar sotib olish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi. Xanoy shuningdek, Isroil, Hindiston, Yevropa va Osiyodagi mudofaa kompaniyalari bilan yangi shartnomalar tuzishni koʻrib chiqmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер