Korrupsiya qarshi kurashish agentligi Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi
Joriy yilning 26-oktabr kuni Korrupsiya qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti Prezidenti Saburi Xaruoni qabul qildi.
Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Nagoya iqtisodiyot universiteti oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilindi. Xususan, S.Xaruo Oʻzbekistonda innovatsion yapon markazini ishga tushirish, shuningdek, yapon universitetlaridan birining filialini tashkil etish kabi oʻz rejalarini bildirib oʻtdi.
Muloqot soʻnggida hamkorlik istiqbollari belgilanib, kelgusida davlat xizmatchilari uchun trening va seminarlar tashkil qilish, qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yaponiyalik ekspert-maslahatchini jalb etish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring