Korrupsion holat yuzaga kelishiga eʼtiborsiz boʻlgan tez tibbiy yordam xizmati masʼullari ishdan olindi

17:58 10 Yanvar 2023 Jamiyat
548 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining kadrlar boʻlimi inspektori J.M. pora olayotgan vaqtda qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻrganilganda, J.M. 2022-yil 25-dekabr sanasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon hududiy filialining kadrlar boʻlimida inspektor sifatida ish boshlaganligi https://t.me/ssvuz/11856aniqlandi.

U 2023-yil 7-yanvar kuni soat 13:00 lar atrofida Andijon shahrining Soy mahallasi hududidagi dorixona oldida fuqaroni ishga olib kirib qoʻyish evaziga undan 400 AQSH dollarini olayotgan paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Hozir mazkur voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vazirlik tomonidan ushbu holat oʻrganilib, eʼtiborsizligi oqibatida korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib berganligi, muassasa xodimlari oʻrtasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormaganligi uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali direktori I. A. va kadrlar boʻlimi boshligʻi E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер