Koronavirusning «Omikron» shtammi “Delta” variantidan uch barobar tez tarqaladi

00:32 23 Dekabr 2021 Dunyo
1622 0

Illyustrativ foto

Koronavirusning yangi «Omikron» shtammi “Delta” variantidan uch barobar tezroq tarqaladi. Bu haqda Rossiyaning “Vektor” markazi direktori Rinat Maksyutov aytib oʻtdi.

“U «Delta” variantiga qaraganda deyarli uch baravar tezroq tarqalishi mumkin. Ammo bu dastlabki hisob-kitoblar», deydi mutaxassis.

Maksyutovning taʼkidlashicha, bu borada «Omikron» “Delta” bilan jiddiy raqobatlasha oladi.

Avvalroq Domodedovo markaziy shahar shifoxonasi bosh shifokori Andrey Osipov koronavirusning «Omikron» shtammi bilan kasallangan bemorlardan birining ahvoli oʻrtacha ogʻir ekanini va unga pnevmoniya tashxisi qoʻyilganini maʼlum qilgan edi. 

Osipovning soʻzlariga koʻra, kasallikning klinik koʻrinishi yangi shtammi tashuvchilarning 10 foizida uchraydi. Shu bilan birga, bu holat vaksina olganlarda kuzatilmaydi. 

Uning taʼkidlashicha, ayni paytda Moskva viloyati shifoxonalarida jami 30 nafardan koronavirusning «Omikron» shtammi bilan kasallangan bemor bor. Shundan uch nafarida, shu jumladan, bir nafar bolada kasallikning klinik koʻrinishlari qayd etilgan.

Amerikaning "Akron Beacon Journal“ nashri tibbiyot mutaxassisi Klaudiya Xoyenga tayanib «Omikron» koronavirusning oldingi shtammlariga qaraganda juda yuqumli ekanligini xabar qildi. Taʼkidlanishicha, u yuqumliligi boʻyicha qizamiq keltirib chiqaradigan virusdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер