Koronavirusning ogʻir shaklidan himoya qiluvchi preparat yaratildi
AQSHning Rash universitetining Tibbiyot markazi olimlari organizmda koronavirus xastaligining ogʻir shakli rivojlanishiga toʻsqinlik qila oladigan molekula ishlab chiqishdi.
Bu haqda “Journal of Neuroimmune Farmacology”da xabar berildi.
Yaratilgan kichik molekula, tadqiqotda taʼkidlanishicha, COVID-19 bilan bogʻliq oʻlimning umumiy sababi boʻlmish sitokin boʻronining oldini oladi.
Qayd etilishicha, mutaxassislar sichqonlar ustida oʻtkazilgan sinovdan soʻng ushbu molekula oʻpkani himoya qilishga, tana haroratini pasaytirishga hamda yurak faoliyatini yaxshilashga yordam berishini aniqlashgan.
Koronavirus gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligi bois olimlar COVID-19 sabab kelib chiquvchi yalligʻlanishni kamaytiradigan dori-darmonlar ishlab chiqarishga chaqirishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring