Koronavirusni yengishning yagona yoʻli maʼlum qilindi

10:22 22 Aprel 2020 Jamiyat
1583 0

“COVID-19“ pandemiyasini yengishning yagona yoʻli faqat ommaviy emlash boʻlishi mumkin, deb yozmoqda “Science Alert“ nashri.

Qayd etilishicha, koronavirus bilan shunchaki kasallanish orqali ushbu infeksiyaga qarshi ishonchli immunitetni hosil boʻlmaydi.

Fransuz professori, immunolog Erik Viviyerning aytishicha, inson organizmida “SARS-CoV-2“ qarshi yetarli antitelalar hosil boʻlishi uchun uch hafta kerak.

“Ammo bu holatda ham koronavirusdan himoyalanish atigi bir necha oy davom etishi mumkin“, deydi olim.

Ammo “COVID-19“ bilan kasallangan baʼzi bemorlarda barqaror immunitet hosil boʻladi, deya yozmoqda “Science Alert“. Lekin Janubiy Koreyada simptomlarning takrorlanishi holatlari qayd etildi. Bu esa infeksiya surunkali kasallikka aylanish xavfi borligini koʻrsatmoqda.

Bunday holda, organizmda antitelalar hosil boʻlgan boʻlsa-da, ular kasallikning rivojlanishini xavf ostiga qoʻyishi mumkin. Shuningdek, kim kuchli immunitetga ega ekanligi aniq emas — koronavirus bilan yengil shaklda kasallanganlari yoki ogʻir formasini boshidan oʻtkazganlar.

Shu bois “COVID-19“ning barcha gʻayrioddiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olimlar insoniyatni ommaviy emlashlarsiz epidemiyadan asrab qolib boʻlmaydi, degan fikrni bildirishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер