Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi
“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash boʻyicha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
har bir oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yoʻriqnoma ishlab chiqiladi;
laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;
aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari koʻriladi;
tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qogʻozbozliklar bilan bogʻliq jarayonlar elektron tizimga oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring