Koronavirusga qarshi vaksinalarning asosiy kamchiligi maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Ayni damda mavjud koronavirusga qarshi vaksinalarning asosiy kamchiligi ularning ikki bosqichda inson organizmiga yuborilish zaruratidir.
Bu haqda Jorj Meyson universitetining Tizimlar biologiyasi maktabi professori Ancha Baranova maʼlum qildi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, mavjud preparatlarning aksariyati bemorga ikki bosqichda yuborilgan taqdirdagina samarali ishlaydi. Ammo birinchi hamda ikkinchi emlanish jarayoni uchun ancha vaqt kerak boʻladi.
«Aynan shu jihat ayni paytda mavjud vaksinalarning zaif tomonidir. Zero, odamlarning birinchi vaksinani olishlari, ammo ikkinchi inyeksiya uchun kelishni unutishi yoki baʼzi emlashga qarshi insonlarning paydo boʻlishi hamda preparatni olish uchun kelmasligi kabi ulkan xavf mavjud», deydi Baranova.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, agar bemor emlashning ikkinchi bosqichini oʻtkazib yuborsa, vaksinaning samaradorligi “deyarli yoʻq”qa chiqadi.
Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Xitoy laboratoriyalaridan biri bir marta qoʻllaniladigan vaksinani ishlab chiqmoqda. Ammo uning samaradorligi toʻgʻrisida ayni paytda hech narsa maʼlum emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring