Koronavirusga qarshi kurashda eng muvaffaqiyatli mamlakatlar maʼlum qilindi
Ayollar tomonidan boshqariladigan mamlakatlar COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda boshqalarga qaraganda yaxshi natijalarga erishishdi.
Bu haqda Liberal strategiyalar markazi (Sofiya) raisi hamda Gumanitar fanlar instituti (Vena) tadqiqotchisi Ivan Krastev aytib oʻtdi.
«Bu empirik tarzdagi muhim holatdir. Zero, korrelyatsiya (ikki yoki undan ortiq tasodifiy oʻzgaruvchining statistik aloqasi)dan qatʼiy nazar, ayollar boshchiligidagi mamlakatlar erkaklar boshchiligidagi, ayniqsa, kuchli koʻrinishni istagan davlatlardan juda katta farq qilishdi», deb taʼkidladi Krastev.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, ayollar pandemiyani urush sifatida qabul qilishmagan va muammoni hal qilish uchun umuman boshqa “til”dan foydalanishgan. Erkaklar esa oʻz navbatida, virusni yengish kerak boʻlgan dushman deb qayd etishgan, ammo bu infeksiyaga qarshi turishga yordam bermagan.
Krastev bu borada Yangi Zelandiya, Germaniya va Daniya kabi mamlakatlarni misol qilib keltirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring