Koronavirusga chalinganlarning 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar ekani maʼlum boʻldi

14:36 24 Mart 2020 Jamiyat
859 0

Foto: www.google.com

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yosh jihatdan qaraydigan boʻlsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha boʻlgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari oʻrta ogʻirlikda boʻlib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Eslatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер