Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

16:34 23 Iyul 2020 Jamiyat
1060 0

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va umumiy ahvoli ogʻirligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan va sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal oʻpka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, semizlikning 2-darajasi, parkinsonizm kasalligi, podagra kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal oʻpka shishidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер