Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

16:42 16 Iyul 2020 Jamiyat
853 0

Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaro Sh. A. (erkak) shu yilning 6-iyulida holsizlik, tana haroratining koʻtarilishi, yoʻtal, bosh ogʻrigʻi, hansirash paydo boʻlgach, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bemorda COVID-19 tasdiqlangan. Shundan soʻng u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlagan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorda, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, qandli diabet 2-turi, semizlik 2-3-darajasi borligi ham qayd etilgan.

Soʻnggi kunlarda bemorning ahvoli yomonlashgan, zudlik bilan oʻpka, yurak reanimatsiyasi amalga oshirilgan. Oʻtkazilgan muolajaga qaramasdan, yurak ritmi tiklanmagan va bemor oʻtkir yurak qon-tomir hamda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер