Koronavirusdan kasallanish holatlari oshmoqda
Kecha yurtimizda 451 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu koʻrsatkich birgina Toshkent shahrida 190 nafarni tashkil etgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, shu yil 14-oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 180162 nafarni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, kasallikdan sogʻayganlar jami 175996 (+425) nafarga yetgan va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Bundan tashqari, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1283 nafarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring