Koronavirusdan har 44 soniyada bir odam vafot etmoqda — JSST
Arxiv surat
Oʻtgan haftada har 44 soniyada bir kishi COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus 7-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Shunga qaramay, JSST rahbarining taʼkidlashicha, butun dunyo boʻylab COVID-19 tufayli oʻlimlar soni asta-sekin kamayib bormoqda. Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yilning fevral oyidan boshlab haftalik oʻlim soni 80 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Gebreyesus bu tendensiya kelajakda ham davom etishiga kafolat yoʻqligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring