«Koronavirusda osma ukol (kapelnitsa) olish zararli va oʻlim xavfini oshiradi» — ekspert

09:13 01 Avgust 2020 Jamiyat
7088 0

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva "O'zbekiston 24" kanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi:

— Odamlar “Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, oʻtib ketadi, deb oʻyladim” deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli ogʻirlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, oʻpkaning jarohatlangani, suv yiqqanini koʻrishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.

Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida oʻpka suyuqlik yigʻishni boshlayapti, oʻpka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda oʻlayotgan bemorlarning hamma tashxisini koʻring: oʻpka shishishi! Bular oʻzidan-oʻzi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol taʼsiri.

Buyraklarimiz u suyuqlikni chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobigʻida ham suyuqlik yigʻilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.

Osma ukol olishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashing!

Odamlar osma ukollardan voz kechsa, Oʻzbekistonda oʻlim koʻrsatkichi kamayardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер