Koronavirus qurbonlari soni bo'yicha SARS va MERSdan oʻzib ketdi

22:25 10 Fevral 2020 Siyosat
2161 0

Foto: www.google.com

Yakshanba kuni Xitoyda yana 97 kishi koronovirus tufayli vafot etdi — bu eng koʻp qurbon berilgan kun boʻldi. Koronavirus bilan kasallanish boʻyicha 40 171 holat qayd etilgan — 35 982 kishi hozirda davolanishda, shundan 6 484 kishining ahvoli ogʻir, yana 3 281 kishiga shifoxonadan uyiga javob berilgan.

Koronavirusning jami qurbonlari soni allaqachon 2003-yilgi atipik pnevmoniya epidemiyasi (SARS) qurbonlari sonidan oshib ketgan, 2012-yilda boshlangan Yaqin Sharq respirator sindromidan (MERS-CoV) qurbonlari sonini ham ortda qoldirgan.

Shu bilan birgalikda, infeksiyadan zararlanish holatlari sekinlashgan, ammo ekspertlarning soʻzlariga koʻra, epidemiya oʻzining yuqori choʻqqisiga yetib ortga qaytayotgani haqida gapirishga hali erta.

Epidemiya oʻchogʻi boʻlgan Xitoyning Xubey provinsiyasida halok boʻlganlar soni 780 kishiga yetgan.

Jami oʻlimlar soni esa 910 nafarni tashkil qilmoqda.Ikki oʻlimdan tashqari (Filippin va Hongkong) barcha oʻlimlar Xitoyning materikdagi qismida qayd etilgan.

2003-yilda 20dan ortiq davlatda SARS epidemiyasi (ogʻir oʻtkir respirator sindromi) oqibatida halok boʻlganlar soni 774 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, yangi koronavirus bir oydan sal koʻproq vaqt ichida 2012-yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromidan (MERS-CoV) vafot etganlardan koʻproq odam hayotdan olib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, MERS koronavirusi ilk bor 2012-yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan. 2012-sentyabrdan dunyoning 27 davlatida MERS bilan 2494 ta kasallanish holati qayd etilgan, undan 858 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер