Koronavirus. Qurbonlar soni 800 nafardan oshdi. Ammo yaxshi xabarlar ham bor...

14:17 09 Fevral 2020 Dunyo
3013 0

Foto: Zuma/ТАСС

Xitoyda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tobora murakkablashmoqda. Kasallik tufayli hayotdan 811 kishi hayotdan koʻz yumgan. Xitoyning Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda 37198 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. Mamlakat tashqarida yana 552 kishi ushbu kasallikni yuqtirib olgan.

Xususan, Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Vyetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya mamlakatlari fuqarolaridir.

“Soʻnggi ikki kun ichida Xitoyda yangi yuqumli kasallikni yuqtirgan soni avvalgi kunlardagiga qaraganda kamayishi qayd etildi. Bu yaxshi yangilik. Ammo xulosalar chiqarishga juda erta. Raqamlar yana oʻzgarishi mumkin”, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreisus.

Xitoyning bir nechta yirik aviakompaniyalari, shu jumladan, China Southern Airlines, Xiamen Airlines, Hainan Airlines, Tianjin Airlines va Beijing Capital Airlines xorijiy uchuvchilarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatishni boshladi.

AQSH va Yaponiya elchixonalarining xabar berishicha, ushbu mamlakatlar fuqarolari Uxandagi kasalxonada vafot etgan. Ular Xitoyda virusdan vafot etgan ilk chet el fuqarolari boʻldi.

Apple, Nike, LVMH va McDonaldʼs kabi 400 dan ortiq kompaniyalar mazkur virus tufayli birinchi chorak zarar koʻrishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер