Koronavirus qandli diabetga olib kelishi mumkin
Amerikalik shifokorlar koronavirus diabetni qoʻzgʻatishga qodirmi yoki yoʻqligini aniqlashga harakat qilishmoqda.
Maʼlumki, oʻtgan yilning yanvar oyidayoq xitoylik mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qonida yuqori darajadagi qand miqdori aniqlanganligi haqida xabar berishgandi.
Tibbiyot haqidagi turli jurnallardagi maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infeksiyasining ogʻir turi bilan kasalxonaga yotqizilganlarning 14,4 foizi diabet kasalligiga chalingan.
Nazorat qilinmaydigan giperglikemiya (qonda shakar miqdorining koʻtarilishi) 3700 bemorda qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring