Koronavirus: Qaysi davlatlarda vaksina olish majburiy qilib belgilandi?

11:36 31 Iyul 2021 Dunyo
1720 0

“Huquqiy axborot” telegram kanali vaksinatsiyalash majburiy qilib belgilangan davlatlar haqida maʼlumot berdi.

Avstraliya

Joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan.

Angliya

“Qariyalar uyi” ishchilari uchun oktyabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlash majburiy boʻladi.

Fransiya

2021-yil 12-iyuldan barcha sogʻliqni saqlash xodimlari, kinoteatrga kirmoqchi yoki poyezdga chiqmoqchi boʻlganlar emlanganligi toʻgʻrisida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi boʻyicha salbiy test natijasini koʻrsatishi shart.

Gretsiya

2021-yil 12-iyuldan qariyalar uyi xodimlari emlanishi majburiy, sentyabr oyidan faqat vaksina olgan fuqarolar barlar, kinoteatrlar, teatrlar va boshqa yopiq joylarga kirishiga ruxsat berilgan.

Indoneziya

2021-yil fevral oyidan emlash majburiy ravishda amalga oshirilmoqda. Indoneziya poytaxti Jakartada vaksina olishdan bosh tortganligi uchun 5 mln rupiya (357 AQSH dollari)gacha jarima qoʻllanilishi belgilangan.

Italiya

2021-yil mart oyida sogʻliqni saqlash xodimlari, shu jumladan farmatsevtlar majburiy emlangan. Rad etganlarga yil davomida maosh berilishi toʻxtatilgan.

Qozogʻiston

2021-yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar oʻtkazilgan.

Polsha

2021-yil avgust oyidan boshlab xavf yuqori boʻlgan ayrim toifadagi odamlar uchun emlashni majburiy amalga oshirish rejalashtirilgan.

Rossiya

Moskvada 2021-yil iyun oyining oxiridan kafe, bar va restoranlarga faqat emlanganlar yoki kovidga chalinmaganligi toʻgʻrisida salbiy test natijasi mavjud boʻlganlar kirishiga ruxsat berilgan.

Saudiya Arabistoni

2021-yil may oyidan ish joyiga borib ishlash uchun davlat va xususiy sektor ishchilari majburiy emlanishi belgilangan (bunga muddat belgilanmagan). Shuningdek, 1-avgustdan boshlab har qanday davlat, xususiy yoki taʼlim muassasalariga kirish, jamoat transportidan foydalanish uchun majburiy emlanish belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер