Koronavirus qachon yoʻq boʻladi?

12:56 02 Aprel 2020 Jamiyat
1245 0

arxiv foto

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov eptdemiya qachon yoʻq boʻladi degan savolga javob berdi.

“Mutaxassislarning taxminlari turlicha. Masala shundaki, bu ilgari maʼlum boʻlmagan, yangi infeksiya. Koronavirusni 2002-yilda pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan ogʻir respirator sindromi (SARS) bilan taqqoslaganda, bunda xavf bir necha oy davom etishi bilan farqlanadi. Holbuki SARS ham koronavirus hisoblanadi, faqat boshqa turi”, dedi Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kungacha 187 kishida koronavirus aniqlanib, 12 kishi bu darddan butkul forigʻ boʻlgan, 2 kishi esa vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер