Koronavirus pandemiyasi: masʼuliyatsizlik xiyonat bilan barobardir

17:52 25 Aprel 2020 Jamiyat
1333 0

25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Bosh prokuror N.Yoʻldoshev raisligida mamlakatda koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, uning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumshatish hamda qishloq xoʻjaligida belgilangan vazifalar ijrosi masalalariga bagʻishlangan selektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Bosh prokuratura masʼul xodimlari, viloyatlar, tuman-shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Byuro rahbarlari va hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.

Tadbirda, karantin sharoitida aholini zarur oziq — ovqat mahsulotlari va dori — darmon vositalari bilan uzluksiz taʼminlash, narx-navo barqarorligini saqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, faoliyatini toʻxtatgan subyektlar ishini tiklash, koronavirus bilan kasallanganlar, ayniqsa kasallikni yuqtirish manbai aniq boʻlmagan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni aniqlash boʻyicha prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, joylarda gʻalla parvarishi, chigit ekish, meva va sabzavotlar yetishtirish, aholi tomorqasidan samarali foydalanilishini taʼminlashda mavjud muammolar va kamchiliklar keskin tanqid ostiga olindi.

Bosh prokuror tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida joylarda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ishsizlikning oshib ketishining oldini olish hamda boshqa dolzarb masalalar ijrosi borasida prokurorlar hokimliklar va boshqa mutasaddi idoralarga faol yordam berishi, masʼuliyatni yana-da oshirishi va tashabbuskor boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan aniq vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер