Koronavirus kimlarga yuqmaydi?
Koronavirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida maʼlumotlar mavjudmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
"JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.
Bugungi kundagi holatga toʻxtaladigan boʻlsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar oʻzini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.
Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin.
Lekin vaqt oʻtib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir toʻqnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan boʻlsa yengil kechiradi", dedi Ubaydullayeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring