Koronavirus kiyimdan ham yuqishi mumkinmi?

22:43 02 Aprel 2020 Dunyo
1401 0

Foto: www.google.com

Shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy koʻpchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Uning taʼkidlashicha, odam tashqariga chiqqanda boshqa insonlar yaqinlashganda, yonida aksirganda va yoʻtalganda yoki uning oʻzi devor yoki tutqichlarni ushlaganda kiyimlarni dezinfeksiyalash zarur.

“Agar bularning bari kuzatilmagan boʻlmasa — shart emas. Eng oddiy yoʻli – bir nechta kiyimlar jamlanmasidan foydalanish. Uyga kelganda kiyimni yechib, tashqarida yoki balkonda qoldiring. Quyosh hammasini oʻldiradi”, — deya izohlaydi shifokor.

Komarovskiyning fikricha, virus poyabzal va qoʻlqoplar bilan birga uyga kirgan taqdirda ham, shilliq qavatga tushgandagina yuqishi mumkin. Shu bois qoʻllarni yuvmasdan burun bilan koʻzlarni ishqalamaslik kerak.

Uyga kiraverishga dezinfeksiyalovchi gilamcha toʻshab qoʻyish, uyni yigʻishtirish uchun esa xlorli oqartiruvchi vositalardan foydalanish lozim, deydi shifokor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер