Koronavirus bilan kasallangan eng yosh bemor maʼlum qilindi
Arxiv surat
Koronavirusni yuqtirgan eng yosh bemor bir oylik qizaloq boʻlib chiqdi. Bu haqda “ South China Morning Post” xabar bermoqda.
Ushbu maʼlumot Xitoyning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Guychjou provinsiyasining sogʻliqni saqlash organlari tomonidan maʼlum qilindi. Hozirda qizaloqning ahvoli barqaror boʻlib, shifokorlar unga virus qanday yuqqanligini oshkor qilishmadi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 427 kishi koronavirus qurboniga aylangan, Xitoyda umumiy holatlar soni 20,5 mingga yaqinlashgan, 632 kishi tuzalgan.
Virus holatlari Buyuk Britaniya, Hindiston, Italiya, Avstraliya, Filippin, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Finlyandiya, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka, Singapur, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Tailand, Yaponiya, AQSH, Rossiya va Belgiyada aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring