Koronavirus banandan yuqadi: Mish-mishlar qaysi davlatdan tarqalgandi?

22:31 12 Fevral 2020 Dunyo
1414 0

Foto: www.google.com

Banan dunyodagi eng koʻp isteʼmol qilinadigan meva boʻlishiga qaramay, uni yetishtirish yuqori darajada konsentratsiyalashgan. 5 ta yirik eksportyorlar — Ekvador, Filippin, Kosta-Rika, Gvatemala hamda Kolumbiya ushbu bozorning 70 foizini nazorat qiladi.

Banan eng koʻp isteʼmol qilinadigan meva boʻlgani uchun ham, odatda, turli mish-mishlar uning savdosiga taʼsir qiladi. Koʻpincha turli xavfli viruslar va kasalliklarning tarqalishi uning isteʼmoli bilan bogʻlanadi: choʻchqa grippi, Zika virusi, Ebola va hatto OITS.

“EastFruit” tahlilchilari fikricha, banan tufayli koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq mish-mishlar Internetning rusiyzabon segmentida keng tarqaldi. Jumladan, Rossiya, Oʻzbekiston va Gruziyada roʻyxatdan oʻtgan internet domenlari yoki ijtimoiy sahifalarida ushbu mish-mish juda tez tarqaldi.

Gruziyadagi “Facebook” sahifasiga va Rossiyaning mashhur sayti koronavirusni banan orqali yuqtirish mumkinligi haqidagi mish-mishlar manbaiga aylandi. Gruzin sahifasidagi material hozirda mavjud emas, yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan rus sayti esa mish-mish gaplarni yangilik tarzida omma eʼtiboriga havola etdi.

Natijada, Rossiyaning aksariyat mintaqalarida, shuningdek, Gruziya va Oʻzbekistonda ham banan savdosi bilan bogʻliq muammolar paydo boʻldi.

Rossiya va Markaziy Osiyoning deyarli barcha mamlakatlariga banan Ekvadordan keltiriladi. Xitoydan umuman banan keltirilmaydi. Chunki Xitoyning oʻzi dunyoda banan sotib olish boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер