Konstitutsiyaviy islohotlar hozir qaysi bosqichda?

10:05 23 Iyun 2022 Jamiyat
1015 0

Konstitutsiyaviy komissiya oʻz nizomiga muvofiq, faoliyatini davom ettirmoqda.

Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining bosqichlari:

Birinchi bosqich – Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha takliflarni qabul qilish, jamlash va tahlil qilishni tashkillashtirish;

Ayni paytda Konstitutsiyaviy komissiya faoliyatining birinchi bosqichi yakuniga yetdi.

Ikkinchi bosqich – Parlament tomonidan ishlab chiqilgan Yangilangan Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasida koʻrib chiqish.

Ayni paytda shu bosqichdamiz va umumxalq muhokamasi jarayoni shu kunlarda boshlanadi.

Uchinchi bosqich – umumxalq muhokamasi natijasida maromiga yetkazilgan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер