Konservatoriyada nima gaplar?

16:25 21 Fevral 2019 Jamiyat
1413 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi hamda uning nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq,musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini taʼminlash Markazning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oshirishning quyidagi shakllari qoʻllaniladi:

- Markazda oʻqitish;

- “ustoz-shogird” usuli boʻyicha oʻqitish;

- mustaqil oʻqib bilim orttirish;

- masofaviy taʼlim;

- stajirovka oʻtash orqali tajriba orttirish.

Bundan tashqari, masofaviy taʼlim – onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar) va offlayn shaklida ham amalga oshiriladi.

Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari 5 yilda kamida bir marta, rahbar xodimlar esa – 3 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.

Malaka oshirish 4 haftadan kam boʻlmasligi lozim.

Malaka oshirish kurslarini tugatganlarga sertifikat, qayta tayyorlash kurslarini tugatganlarga esa diplom beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер