“Koʻngil koʻzi” loyihasi sovgʻalari Qarshi shahriga yetib keldi

17:32 23 Dekabr 2019 Jamiyat
1596 0

Qashqadaryoda yangi yil arafasidagi xayriya tadbirlari boshlab yuborildi. Qarshi shahridagi viloyat 18- koʻrish imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻtkazilgan xayriya tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasidagi sovgʻalar oʻquvchilariga topshirildi.

Xayriya sovgʻalari ortilgan avtokarvonda bolalar uchun yangi yil sovgʻalari, Brayl alifbosida yozilgan adabiyot kitoblar, audio disklar, musiqa cholgʻu asboblari, sport anjomlari va elektron ovoz kuchaytirgichlar keltirildi.

-Muassasamizda 211 nafar bolalar taʼlim oladi, 14 ta oʻquv sinfxonasi, 150 oʻrinli yotoqxona, oshxonalarda barcha shart sharoitlar yaratilgan, -deydi maktab direktori Zoir Rahimov. – Bu yerda oʻquvchilarga umumiy taʼlim dasturi asosidagi dars mashgʻulotlari oʻtiladi. Faqat yozuvlarimiz Brayl alifbosida. Shu bois bugun bayram sovgʻalari ichida Brayl alifbosidagi darsliklar va oʻzi gapiradigan audiokitoblarning borligi oʻquvchilarimizni juda quvontirdi.

A. Muhammadiyev, (“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер