Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoni bilan, Komil Ismoilovich Allamjonov Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov xabar berdi.
«Komil Allamjonov yurtimizda soʻz erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash va xalq taʼlimi tizimini takomillashtirish boʻyicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi.
Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan koʻp sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman», deyilgan xabarda.
Komil Allamjonov 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yili Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini, 2010-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 2023-yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring