Koʻkdala tumanida yana “zapravka”da portlash yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida yana “zapravka” portlagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB matbuot xizmati birlamchi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 5-avgust soat 22:30 lar atrofida Koʻkdala tumani, Koʻkdala MFY hududida joylashgan gaz toʻldirish shoxobchasida yongʻin roʻy berganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.
Bundan avvalroq,16-iyul kuni soat 14:40 da ham Koʻkdala tumanida aholiga gaz toʻldirish stansiyasi hududida yoqilgʻi saqlash rezervuarida chaqnash va undan soʻng yongʻin sodir boʻlgan edi. Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring