Koʻkatlar ichiga yashirilgan pirotexnika vositalari fosh boʻldi

15:36 11 Dekabr 2023 Jamiyat
315 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi, DXX va IIV tezkor xodimlari bilan hamkorlikda hamda yoʻl patrul xizmati xodimlari yordamida keng qamrovli tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati “Chinor” yoʻl patrul xizmati maskanida, fuqaro  boshqaruvidagi “KIA” rusumli boʻlgan yuk avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirildi.

Xodimlarni chalgʻitish maqsadida avtotransport yuk xonasining oldi qismiga xufiyona tarzda koʻkatlar ostida 9 dona karton qutilarda pirotexnika vositalari yashirilganligi aniqlandi. Surishtiruv ishlar davomida ushbu pirotexnika vositalari xorijda ishlab chiqarilgan va chetdan noqonuniy olib kirilganligi maʼlum boʻldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, aniqlangan salkam 86 ming dona pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 200 mln. soʻmdan oshmoqda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер