Koʻchma savdo obyektlari qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi?
Koʻchma savdo joyi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion gʻolibiga koʻchma savdo joyini:
— koʻpi bilan 36 oygacha;
— yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali koʻchma muzlatgichlar uchun koʻpi bilan 120 oygacha ijaraga beriladi;
— koʻchma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
“K-SAVDO” AATda koʻchma savdo obyektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring