Kirish imtihonlarida ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball toʻplagan
Abituriyentlarning test sinovida toʻplagan ballariga eʻtibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball toʻplagan holda talabalikka tavsiya etilganini koʻrish mumkin.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning oʻrtacha oʻtish bali davlat granti asosida:
— erkaklarda — 112,4 ballni;
— ayollarda — 125,1 ballni;
toʻlov-kontrakt asosida:
— erkaklarda — 88,9 ballni;
— ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.
Erkaklar va ayollarda oʻrtacha oʻtish ballarining bunday farq qilishi ular roʻyxatdan oʻtishda tanlagan taʻlim yoʻnalishlari va ulardagi oʻtish ballari bilan bogʻliq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring