Kinematografiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Arxiv foto
2017-yildan buyon Kinematografiya agentlik direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib Shuhrat Rizayev mazkur tashkilot rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.
Shuhrat Rizayev 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida oʻz mehnat faoliyatini olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring