Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi

16:48 11 Oktyabr 2022 Jamiyat
1029 0

“Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–388-son, 10.10.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga mahalliy va xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish maqsad qilindi.

Kimyoviy texnologik ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun quyidagi texnologik klasterlar tashkil etiladi:

— “Navoiy kimyo texnoparki”;

— “Fargʻona kimyo texnoparki”;

— “Qoraqalpogʻiston kimyo texnoparki”.

2023-yil 1-aprelga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “Navoiyazot” AJda texnik kompleks oʻrganish ishlari oʻtkaziladi hamda 2023-yil 1-avgustga qadar birlamchi bozor holatini oʻrganish yakunlanadi.

2023-yil 1-sentyabrga qadar “Navoiyazot” AJda oʻtkazilgan texnik kompleks oʻrganish va birlamchi bozor holatini oʻrganish natijalari asosida jamiyatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2023-yil 30-iyunga qadar mazkur qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер