Kimyo boʻyicha darslik mualliflari jamoasiga 100 mln. soʻmlik mukofot berildi
2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilgʻor xorijiy tajriba asosida taʼlim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish boʻyicha milliy tanlov tashkil qilindi.
Tanlov 2021-yilning 8-yanvar kuni eʼlon qilindi va uning natijasiga koʻra gʻolib deb topilgan mualliflarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100,0 mln. soʻmdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlash belgilandi.
Tanlovga 21 ta oʻquv va ilmiy adabiyotlar kelib tushdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining vakillaridan iborat tanlov komissiyasi xulosalariga koʻra, Kimyo fani boʻyicha Tanlov komissiyasi qaroriga asosan S.
Kimyo fani boʻyicha tanlov natijasiga koʻra gʻolib deb topilgan mualliflar jamoasi yuz million soʻmlik bir martalik mukofot puli bilan taqdirlandi.
Biologiya fani boʻyicha tanlov shartlari toʻla bajarilmagani uchun tanlov gʻolibi aniqlanmadi. Tanlov komissiyasi tanlovga kelib tushgan adabiyotlarni takomillashtirishni tavsiya etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring