Kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan boʻlsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz — Shavkat Mirziyoyev

14:43 22 Dekabr 2023 Siyosat
530 0

Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Majlisda bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan chetdan, baʼzan, hatto, mamlakatimizning oʻzida ham Konstitutsiya va qonunlarimizga zid pozitsiyalar ilgari surilayotgani, jumladan diniy eʼtiqod niqobi ostida yoshlarni maʼrifatga emas, jaholatga undash holatlari paydo boʻlayotgani taʼkidlandi.

Bunday vaziyatda jamiyatimizda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishni kuchaytirish, ehtiyotkorlik va ogohlikni oshirish lozimligi taʼkidlandi.

Prezident ziyolilarimizni tinchlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashda yanada faol boʻlishga, oʻzlarining maʼnaviy fazilatlari bilan boshqalarga oʻrnak koʻrsatishga chaqirdi.

Yigʻilishda keyingi paytda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbirlar amalga oshirilayotganiga ham toʻxtalib oʻtildi.

“Oʻzini “koʻcha” deb ataydigan jinoiy guruhlar boʻladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar boʻladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan boʻlsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.

Koʻchalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom maʼnoda tinch va toza, jinoyatdan xoli boʻlishi kerak.

Yangi Oʻzbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar boʻlishi shart. Va albatta shunday boʻladi”, — dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер