Kichik mobil gibrid quyosh fotoelektr stansiyasi yaratildi
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan quvvati 2 kVt boʻlgan kichik mobil gibrid quyosh-yoqilgʻi elektr stansiyasi yaratildi.
Ushbu qurilmaning afzalligi shundaki, u kunduz kuni quyosh orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradi, shuningdek, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini oʻzida saqlaydi. Quyosh botgan paytda yoqilgʻi orqali (benzin, dizel) ham elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Qurilma aholi xonadonlari, fermer xoʻjaliklari, olis choʻl hududlari, elektr tarmogʻi tortib borilishi qiyin boʻlgan olis togʻli hududlarda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkonini beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring