Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi aytildi
Hozirgi texnologiyalar davrida korrupsiyaning yangi, raqamli koʻrinishlari paydo boʻlmoqda.
Shu bois yangi oʻquv yilidan Ichki ishlar va Huquqni muhofaza qilish akademiyalarida bu yoʻnalishda mutaxassis tayyorlash boshlanadi.
Lekin bunday turdagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olishda faqatgina zamonaviy kadrlarni oʻzi yetarli emasligi qayd etildi.
Xalqaro tajribani oʻrganib, kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Mansabdorlik va maishiy korrupsiya omillarini tahlil qilish, ularni oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring