Xurmo eksporti 2,8 ming tonnaga kamaygan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — sentabr oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 4,3 mln. AQSH dollariga teng 10,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Xurmo eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.
Shu yilning oʻtgan 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 5,7 ming tonna
— Rossiya – 4,2 ming tonna
— Ukraina – 219 tonna
— Qirgʻiz R. – 217 tonna
—Belarus – 120 tonna
— Turkmaniston – 88 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring