Xotin-qizlarni eng koʻp ishga olgan 10 ta korxona maʼlum qilindi

14:42 03 Iyun 2024 Iqtisodiyot
799 0

Oʻzbekiston xotin-qizlarni eng koʻp ish bilan taʼminlayotgan 10 ta ish beruvchidan 4 tasi xususiy korxonalar hisoblanadi. Bu haqda Bandlik vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlik axborotida xotin-qizlarni eng koʻp ishga olgan oʻnta korxonalar sanab oʻtilgan.

Roʻyxatni Navoiy kon-metallurgiya kombinati ochib beradi: kombinat xodimlaridan 12 444 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi (jami xodimlari – 48 266 nafar).

OKMKdan tashqari, “UzTex Group” MCHJ ham 10 mingdan ortiq xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan: tekstil kompaniyasida 11 511 nafar ayollar va qizlar mehnat qilmoqda.

Eng koʻp xotin-qizlarni ishga olgan korxonalar uchligiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yakun yasab beradi: 8 234 nafar.

Toʻliq roʻyxat quyidagicha:

1. “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ — 12 444 nafar

2. “UzTex Group” MCHJ — 11 511 nafar

3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 8234 nafar

4. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ — 5217 nafar

5. “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ — 4 730 nafar

6. “Anglesey Food” MCHJ — 4640 nafar

7. “Oʻzbektelekom” AJ — 4424 nafar

8. “Zarafshon Tekstil” MCHJ — 3882 nafar

9. “Navoiyazot” AJ — 3422 nafar

10. “Urgut Silk Fiber Company” MCHJ 3337

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер