Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda islom qadriyatlarining oʻrni

22:24 25 Mart 2026 Siyosat
371 0

Poytaxtimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda islom qadriyatlarining oʻrniga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova, davlat organlari vakillari, imom-xatiblar, mahalla yetakchilari hamda Misrdagi Al-Azhar universiteti professorlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida islomning asl qadriyatlari – adolat, qadr-qimmat va hurmat tamoyillari asosida jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Senator oʻz chiqishida xotin-qizlar huquqlarini taʼminlashda diniy va milliy qadriyatlar uygʻunligini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab oʻtdi.

Seminar doirasida ayollar huquqlarini taʼminlash, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda samarali muloqot va maslahat berish yoʻnalishlari boʻyicha dolzarb masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер