Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 2026-yil 5-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 20,92 soʻmga tushdi va 12 004,41 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 33,04 soʻmga pasayib, 14 129,19 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,66 soʻmga tushdi va 153,59 soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring